mbbahodir@gmail.com
91 780 44 66
  • Kirish
  • Ro`yxatdan o`tish
Microsoft Excel 2016 dasturi bilan ishlash
2020-03-31

Kursga yozilgan tinglovchilar soni : 17

Kirish qismi

Kurs Microsoft Excel 2016 dasturi bilan ishlashni o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib, jadvallar bilan ishlashda kerakli bo`ladigan kerakli bilimlarni bera oladi.

Kurs nazariy ma'lumotlar, videodarslar va testlarni o'z ichiga oladi.

Kurs haqida

    Kalkulyatorni ishlatib ko‘rgan har bir foydalanuvchi hisobkitob natijalarini saqlab qo‘yish, oraliq hisob-kitoblarni kerakli vaqtda olish yoki boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirishda hisobkitobni qayta bajarish zarurligi kabi muammolarga duch keladi. Masalan, bir o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi – reytingini hisoblash uchun barcha fanlardan olgan ballari jamlanib 100 ga ko‘paytiriladi, keyin fanlardan olishi mumkin bo‘lgan maksimal ballga bo‘linadi. Bunday olib qaraganda, bu ish qiyin emasdek ko‘rinadi. Lekin shu oddiy arifmetik amallarni 10 ta yoki 50 ta yoki 500 ta o‘quvchi uchun bajarish kerak bo‘lsa-chi? Yoki boshlang‘ich ma’lumotlar o‘zgarsa-chi? Bu ishlarni kalkulyatorda bajarish juda ko‘p vaqt va mehnat talab etadi. Ikkinchi tomondan, MS Word dasturida ishlaganingizda ko‘rdingizki, ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash tahlil qilishni ancha soddalashtiradi.

    Yuqoridagi muammo va imkoniyatlar sababli hisob-kitoblarni osonlashtiruvchi va avtomatlashtiruvchi dasturlarga bo‘lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.

    Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo‘lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.

    Elektron jadvallar qo‘llanilayotgan sohalar juda ko‘p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo‘jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar.

    Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo‘g‘liq bo‘lib, asosan, quyidagilardan iborat:

– ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va ko‘rinishini o‘zgartirish;

– jadval elementlarini formatlash;

– formulalardan foydalanish (hisob-kitoblarni avtomatlashtirish);

– katakchalarni avtomatik to‘ldirish;

– standart funksiyalar majmuidan foydalanish;

– ma’lumotlarni izlash va almashtirish;

– ma’lumotlar asosida turli ko‘rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;

– ma’lumotlar bazasini hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.

Kurs tarkibi

Kurs quyidagilarni o`z ichiga oladi :

  • Videodarslar
  • Videodarslar matni
  • Test savollari
  • Nazariy ma'lumotlar

Axborot manbaalari

  1. https://en.wikipedia.org/wiki/Microsoft_Excel
  2. https://microsoft-excel-2016.en.softonic.com/
  3. https://support.office.com/en-us/excel
  4. Informatika. 8-sinf (2015, B. Boltayev, A. Azamatov, A. Asqarov, M. Sodiqov, G. Azamatova)

Tahsil oluvchilarga talablar

O'rganuvchi kompyuter savodxonligiga oid boshlang`ich bilimlarni egallagan bo'lishi kerak.

Kurs dasturi

Onlayn kurs quyidagilardan iborat


1-MODUL MS Excel 2016 bilan tanishish

1.1 Ishchi kitobni yaratish va saqlash

1.2 Ishchi kitobni ochish va uni boshqa nom bilan saqlash

1.3 Fayllarni OneDrive’da saqlash va ochish

1.4 Ishchi kitob bo‘ylab navigatsiya

2-MODUL Listlar va yacheykalar bilan ishlash

2.1 Listlarni qo‘shish va o‘chirish

2.2 Listlarni qayta nomlash, nusxalash va joyini o‘zgartirish

2.3 Matn, son va sanani kiritish

2.4 Sonni matn sifatida kiritish

2.5 Yacheykalar tarkibini tahrirlash

3-MODUL Tezkor amallar bilan ishlash

4-MODUL Satrlar va ustunlar bilan ishlash

O`qitish natijalari

  • Jadvallar bilan ishlash ;
  • Elektron jadvallarni formatlash ;
  • Listlar bilan ishlash ;
  • Satrlar bilan ishlash ;

Kursni o`zlashtirgandan keyin tinglovchilar

  1. Ishchi kitoblar bilan ishlash ;
  2. Fayllarni One Drivega saqlash ;
  3. Yacheykadagi formatlar ;
  4. Tezkor komandalar ;
  5. List bo'ylab izlash ;
Mualliflar

T A T U

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Bu tizim masofadan ta`lim olish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar

© Barcha huquqlar himoyalangan 2018 - 2019
Loyiha yaratuvchisi : MBBLine GROUP